Allergiya haqida

ALLERGIYA HAQIDA.

?Oddiy qilib aytganda, allergiya - immun tizimining ba'zi moddalar - allergenlarga nisbatan yuqori sezuvchanligi bilan bog'liq reaksiyasidir. Biroq, allergiya paydo bo'lishi uchun, siz uchun yangi bo'lgan mevani iste'mol qilishingiz  yoki mushukka yonog'ingizning tegishi yetarli emas. Buning uchun sensibilizatsiya - organizmning qaysidir moddaga nisbatan sezgirligi oshishi talab etiladi va bu keyinchalik allergen bo'ladi.

HATTO AKSIRISH HAM TANANING ALLERGENLARGA QARSHI JAVOB REAKSIYASI EKANLIGINI BILASIZMI❓
Endi mexanizmni qisqacha tahlil qilamiz.
⬇️

Har kuni viruslar, bakteriyalar, gul changi, sanoat chiqindilari va boshqa minglab begona moddalarga duch kelamiz.
Bunday moddalar tanaga tushganda (ayniqsa burun yo'llarida)➡️ allergen ta'sirini bartaraf qiluvchi antitanacha - maxsus oqsillarni ishlab chiqarish jarayoni boshlanadi. Ya'ni, antitanachalar - ichimizdagi o'ziga xos soqchilardir.

❗️Aslida, allergiya juda turli xil va makkor. Allergik kasalliklarning turlari va namoyon bo'lishi juda ko'p va ularning alomatlari turli xil odamlarda katta farq qilishi mumkin.

?Eng xavfli allergik reaksiya - anafilaktik shok, ya'ni bir necha soniyadan bir necha soatgacha bo'lgan davrda zudlik bilan kechadigan reaksiya.

? Respirator (yoki nafas olish) allergiya. Unga uy va ko'cha changlari, tutun, sanoat chiqindilari, avtomobil gazlari, gul changi sabab bo'ladi. Tanaga tushgach ular burun va tomoqda qichishish hissi, aksirish, ko'p miqdorda burun oqishiga olib kelishi mumkin. Ushbu allergiyaning kuchli ko'rinishida yo'tal kuchayadi va bronxlarda xirillash eshitiladi. Og'ir holatlarida bug'ilish rivojlanishi mumkin.

⚠️Hayotimizni sezilarli darajada yomonlashtiradigan alomatlardan tashqari, allergiya asoratlari rivojlanishi bilan ham xavflidir. Misol uchun, uning fonida ko'pincha ekzema, bronxial astma, atopik teri kasalliklari rivojlanadi.
Shu sababli, agar kuz-bahor davrida sizni allergiya bezovta qilsa, malakali yordam olish uchunalbatta shifokor-allergologga murojaat qiling.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa