Temie moddasi tanqisligi

Temir moddasi tanqisligi.

? Dunyo aholisining taxminan 30% (JSST ma'lumotlariga ko'ra, 2 milliard kishi) biror darajadagi kamqonlikdan azob chekayotganini tasavvur qila olasizmi? Qo'rqinchli statistika, shunday emasmi?

Temir - faol va sog'lom hayotimiz uchun zarur bo'lgan eng muhim moddlardan biri.
Temir tanqisligi anemiyasi - gemoglobinning asosiy tarkibiy qismi bo'lgan temirning yetishmasligidir. Anemiya holatida gemoglobin bilan birga qizil qon tanachalari - eritrotsitlar miqdorining kamayib ketishi ham mumkin.

‼️ Shuningdek, yashirin temir tanqisligi ham keng tarqalgan. Bu holda gemoglobin darajasi normal holatda, ammo temir zahiralari tugagan bo'ladi. Buni aniqlash uchun tanadagi temir zahiralarining pasayishining asosiy ko'rsatkichi - ferritin darajasini aniqlash kerak.

YASHIRIN TEMIR TANQISLIGINI QANDAY ANIQLASHINGIZ MUMKIN❓
Dastlab, siz hatto buni sezmasligingiz ham mumkin, ammo uzoq muddatli temir tanqisligida e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydigan o'ziga xos alomatlar kuchayadi:
☑️ tez toliqish,
☑️ nafas qisishi,
☑️ tirnoqlarning noziklashishi,
☑️ soch to'kilishi,
☑️ ta'm va hid bilishning o'zgarishi (tish pastasi, bo'rni iste'mol qilish, bo'yoq, benzin bug'larini hidlash istagi)

? Shuning uchun, temir tanqisligi etiologiyasini aniqlash uchun asosan bir qator ko'rsatkichlar uchun qon topshirish tavsiya etiladi: umumiy qon tahlili, temir zardobi, ferritin, umumiy temir-bog'lanma xususiyati. 

Ro'yxatdagi ushbu tahlillarni qayerda topshirishingiz mumkinligi haqida bizning ... TG-botda bilib olishingiz mumkin.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa