Tomoq bezlari haqida

Tomoq bezlari haqida

6 ta bodomsimon bezlar va limfa to'qimalarining boshqa mayda birikmalari Pirogov-Valdeyer himoya halqasini tashkil etishini bilasizmi? U infektsiyalarning bronx va o'pkaga tushishi yo'lidagi kuchli himoya to'sig'idir.
❗️ Biroq, bu bodomsimon bezlar sog'lom  bo'lgandagina amal qiladi. Agar ularda surunkali yallig'lanish doimiy ravishda davom etsa, unda tanglaydagi bodomsimon bezlarining o'zlari infektsiyaning manbaiga aylanib, ular immunitetni asta-sekin zaiflashtiradi.
Bodomsimon bezlarning himoya roli qanchalik katta ekanligini tasavvur qiling-a, agar ular yallig'lanishsa, ular quyidagi a'zolarda kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin: yurak, buyrak, bo'g'inlar, jigar...

? Ko'pincha dori-darmonlar doimiy yallig'lanishni bartaraf etishda samara bermaydi, ana shunda surunkali infektsiya o'chog'ini olib tashlash mumkin.
Bodomsimon bezlarni olib tashlash - tonzillektomiya deyiladi. 
Hamda u faqatgina surunkali tonzillit holatida tavsiya etiladi.

? Qoidaga ko'ra, operatsiya bodomsimon bezlarda o'tkir yallig'lanish belgilari bo'lmagan remissiya davrida amalga oshiriladi.
Bezlar bemorga zarar bermasdan va jarrohning qulayligi uchun umumiy anesteziya sharoitida olib tashlanadi.
Jarrohlikdan keyin tiklanish ko'pincha eng kam miqdordagi asoratlar bilan 3-4 hafta davomida o'tadi.

? Qiziqarli fakt: tonzillektomiya - 3000 yildan ko'proq vaqt davomida qo'llaniladigan jarrohlik aralashuvi. Jarayon uzoq vaqt davomida o'rganilgan, shuning uchun zaruriyat tug'ilganda shifokoringizga ishoning va xotirjam bo'ling.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa