JYBYI haqida

JYBYI HAQIDA

?JYBYI - jinsiy yo'l bilan yuqadigan infeksiyalar... Har kuni 1 milliondan ortiq ushbu infeksiyalarni  yuqtirish holatlari ro'y beradi, bu qanchalik keng tarqalganligini tasavvur 
qilayapsizmi? Yana bir dahshatli raqam: jinsiy yo'l bilan 30 dan ortiq turli bakteriyalar, viruslar va parazitlar yuqtiriladi.

JYBYI haqida gapirilganda, odamlar ko'pincha sifilis, gonoreya, xlamidiyoz va trixomoniyazlarni tushunishadi, xayriyatki, ular hozirda samarali davolanmoqda.

❗️ Biroq, afsuski, hali  gepatit B, oddiy gerpes virusi (OGV, yoki gerpes), OIV'ga qarshi samarali dori topilmadi.

ULAR NIMASI BILAN XAVFLI?️
? Gerpes va sifilis OIV bilan kasallanish xavfini 3 marotabagacha oshirishi mumkin, chunki ular bizning tanamizni yanada zaiflashtiradi.
? JYBYI onadan bolaga o'tishi mumkin (xlamydiyoz, gonoreya, gepatit B, OIV va sifilis)
? Bolaning ona qornida JYBYI'ga chalinishi o'lik tug'ilishga, kam vazn bilan tug'ilishga, erta tug'ilishga, sepsisga, pnevmoniyaga va boshqalarga olib kelishi mumkin.
? OGV har yili 500.000 dan ortiq bachadon bo'yni saratoniga sabab bo'ladi.
? Gonoreya va xlamidiyoz ayollarda tos a'zolarining yallig'lanish kasalliklarining asosiy sabablari hisoblanadi.
? JYBYI ayollarda bepushtlik sabab bo'lishi mumkin.
❗️ Eng xavfli narsa shundaki, JYBYI alomatsiz kechishi mumkin. Shu sababli tananing eng kichik signallariga ham e'tiborli bo'lish muhim: suyuq ajralishlarning o'zgarishi (ayollarda), siydik chiqarish kanalidan suyuq ajralishlarning paydo bo'lishi (erkaklarda), siydik chiqarish paytida achitish hissi, jinsiy a'zolardagi yaralar, qorin sohasidagi og'riqlar.

⛔️ ...JYBYI'ni yuqtirishning oldini olish juda oddiy. Buning asosiy usuli: prezervativdan foydalanish va jinsiy sheriklarni tez-tez o'zgartirishni to'xtatish. Ikki qoidalaga rioya qilish unchalik qiyin emas, shunday emasmi? Biroq siz har doim reproduktiv salomatligingiz nazorat ostida ekanligiga amin bo'lasiz.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa