Oshqozoningiz bezovta qilyaptimi?Demak helikobakter uyg`ondi!

Gastrit
O'smirlik davrida, albatta, har birimiz eshitganmiz:
"Quruq ovqat yema - gastrit bo'lasan!"
Kattalar juda ham adashishgan. Axir, gastrit rivojlanishining asosiy sababi - Helicobacter pylori bakteriyasidir.
Ammo bu kasallikning rivojlanishiga hissa qo'shadigan ko'plab omillar mavjud. Ulardan:
- Shoshib (yo'lda) ovqatlanish va chala chaynalgan ovqat oshqozon shilliq qavatiga mexanik ravishda zarar etkazadi.
- Juda issiq yoki sovuq ovqatlarni iste’mol qilish oqibatida oshqozon shilliq qavatining termal shikastlanishi tufayli gastrit keltirib chiqaradi.
- Bundan tashqari, o'tkir yoki sho'r ovqatni iste'mol qilish boshqa kimyoviy moddalar kabi oshqozon shilliq qavatini bezovta qiladi.
- Steroid bo'lmagan yallig'lanishga qarshi preparatlarni (Aspirin) qabul qilish, ayrim antibiotiklar gastritni keltirib chiqarishi mumkin.
Gastrit belgilari va uning namoyon bo'lishi kasallikning shakliga bog'liq. Tashxis gastroenterolog tomonidan endoskopik tekshiruv asosida amalga oshiriladi.
Ammo, barchamiz tanamizga e’tiborli bo’lib, quyidagi shubhali alomatlarga diqqatli bo’lishimiz kerak:
Qorin og'rig'i: ertalab qorin ochligida yoki ovqatdan keyin biroz vaqt o'tgach, keskin yoki doimiy og'riq. Bundan tashqari, ovqatdan keyin oshqozonda og'irlik va ovqatdan keyin yoki 15-20 daqiqadan so'ng o’tmas og'riq.
Me’da qaynashi (zarda) – ovqatdan keyin ko'krakda paydo bo'ladigan yonish hissi.
Ovqatdan keyin yoki och qoringa kekirishda nordon hid.
Qayt qilish, nordon hid va ta'mga ega, keyinchalik shilimshiq, ba'zan yashil / sariq rangli va achchiq ta'mli (barchasi safro tufayli).
Ich kelishining buzilishi: ich qotishi/ich ketishi.
So’lak (tupuk) ning ko'payishi.
Ertami-kechmi, gastrit quyidagi asoratlarni paydo qilishi mumkin: oshqozon qon ketishi, oshqozon yarasi, u esa o'z navbatida malignizlashishi – oshqozon saratoniga aylanishi mumkin.
Shuning uchun yuqorida keltirilgan alomatlardan kamida bittasini ko'rsangiz, mutaxassisga murojaat qilishingiz kerak. Hech bo'lmasa oshqozon-ichak trakti kasalliklarining oldini olish uchun.
Yaxshi gastroenterologni siz har doim bizning botda Doktor bo'limida topishingiz mumkin.
 
O’zingizni avaylang va sog’lom bo’ling!

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa