Testosteron va erkaklar sog`ligi

Ehtimol siz bu haqda bir eshitgansiz?Testosteron bu juda muhim jinsiy gormon.
Erkakning sog'lig'i uning miqdoriga bevosita bog'liq.

?? Erkaklarning asosiy jinsiy gormoni sifatida Testosteron erkaklardagi ikkinchi darajali erkaklik jinsiy gormoni belgilari (ovoz dag’allashishi, tana va yuzda tuklar o’sishi, teri yog’ bezlari sekretsiyasi oshishi) rivojlanishi va qo’llab-quvvatlanishi uchun, shu bilan birga, spermatogenez (spermatozoidlar ko’payishi) va libido o’sishi (seksual funksiya) kabi erkaklarning jinsiy gormoni rivojlanishi va o’sishiga javob beradi.

Testosteron darajasi quyidagilarga bog'liq:
? umr ko'rish davomiyligi;
? suyak zichligi;
? xolesterin darajasi;
? tana vazni;
? psixo-emotsional holat;
? xotira va diqqatni jamlash;

Erkakning reproduktiv funktsiyasi testosteronning etarli miqdoriga bog'liq. Ushbu gormon spermatozoidlarning faolligiga, ularning to'liq pishib etishiga va rivojlanishiga ta'sir qiladi.

❓ TESTOSTERONENING KO'P MIKDORI YAXSHIMI❓
Testosteronning yuqori darajasi haddan tashqari tajovuz va tushkunlikni keltirib chiqarishi mumkin. Bunday holda, erkakning jinsiy istagi yomonlashishi mumkin. Testosteronning ko'payishi xotira va kontsentratsiyaga salbiy ta'sir qiladi.

❓ TESTOSTERONNING etishmasligi nimaga olib kelishi mumkin?
Erkaklar testosteron etishmovchiligini sezmay olmaydilar, chunki jinsiy istak avtomatik ravishda kamayadi, erektsiya yomonlashadi va sochlar ham tushishi mumkin. Tana vaznining pasayishi bo'lishi mumkin.

Testosteron miqdorini qancha vaqt oldin tekshirgansiz?
Testosteron ayol tanasi uchun ham zarurligini bilasizmi?
Bu haqda keyingi postlarimizda gaplashamiz

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa