ORTIQCHA GO'SHT ISTE'MOLI


Ortiqcha go`sht este'moli 

Qizil go'sht (mol go'shti, cho'chqa go'shti) - inson uchun zarur bo'lgan juda ko'p foydali aminokislotalar, yog'lar, vitaminlar va minerallarni o'z ichiga oladi. Biroq, so'nggi yillarda ko'plab tadqiqotlar davomida qizil go'shtni iste'mol qilish saraton va boshqa kasalliklar xavfini oshirishi mumkinligi aniqlandi.

?2015-yil oktyabrda JSST ortiqcha qizil go'sht iste'moli va yo'g'on ichak saratoni o'rtasidagi mumkin bo'lgan bog'liqlikni isbotlovchi tadqiqotlarni chop etdi. Shuningdek, kunlik 50 grammdan ortiq qayta ishlangan go'sht (kolbasa, sosiska) iste'moli kolorektal saratoni rivojlanish ehtimolini 18% ga oshiradi.

?Yaxshi o'rganilgan va ilmiy jihatdan tasdiqlangan haqiqat shundaki, to'yingan yog'lar va xolesterin miqdori yuqori bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanish xavfining ortishi bilan bog'liq.

?Ko'p miqdorda qizil go'sht iste'mol qiladigan erkaklarda divertikulit rivojlanish ehtimoli 58% ga ko'p.

Go'shtni iste'mol qilish bilan bog'liq potensial xavflarning kuchli dalillariga qaramasdan, uning foydali va ozuqaviy xususiyatlarini ham yodda tutish muhimdir. Amerika saratonni tadqiq etish instituti yuzaga kelishi mumkin bo'lgan sog'liq muammolarining oldini olish maqsadida, haftasiga 500 g dan ortiq bo'lmagan qizil go'sht iste'mol qilishni tavsiya qiladi.

> Kaa:
GORMONLARNING AHAMIYATI.

Jinsiy gormonlar yoki gonadlar, boshqacha aytganda - aralash sekretsiya bezlari.
Erkak jinsiy bezlari - moyaklar, ayollarda - tuxumdonlar.

Ularning tashqi sekretor funksiyasi spermatozoid va tuxumhujayralar shakllanishi bilan bog'liq. Ichki sekresiya bezlari sifatida esa ular qonga jinsiy gormonlarni ajratadilar.

JINSIY GORMONLAR NIMALARGA MA'SUL ?
Ular jinsiy yetilishni va ikkinchi darajali jinsiy alomatlarning rivojlanishini ta'minlaydi. Xususan,har bir kishi uchun ma'lum miqdorda ayol va erkak jinsiy gormonlari kerak. Erkaklarda testosteron miqdori ustunlik qiladi, ammo to'liq jinsiy funksiya uchun tanaga oz miqdorda estrogen ham kerak. Xuddi shu narsa ayollarga ham tegishli, ularda ayol gormoni - estrogen ustunlik qiladi, ammo testosteronsiz ish bitmaydi.

Erkak jinsiy gormonlari - erkak gavda bichimi rivojlanishini, mushaklar massasi o'sishini, ovozning past darajasini, jinsiy a'zolar ishlashini ta'minlaydi. Estrogenlar esa ayol gavda bichimi - sut bezlari, hayz davrining rivojlanishi, homiladorlik ehtimoli va boshqalarni belgilaydi. Bunday nisbat muvozanatining buzilishi oqibatida insonda jiddiy gormonal kasalliklar rivojlanishi mumkin.

Shuning uchun gormonlar masalasida profilaktika muhim ahamiyatga ega: endokrinolog va ginekologga muntazam tashrif buyurib, qondagi gormonlar muvozanatini nazorat qilib borish lozim. Bunday tashxis tibbiy laboratoriyalarda amalga oshirilishi mumkin, ammo ulardan qaysi biriga murojaat qilishni bizning .......... tg-botda topishingiz mumkin.
 

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa