Otit - o`zi nima

Otit nima va qanday paydo bo`ladi?

?? Otit - quloqning ma'lum bir - ichki, o'rta yoki tashqi qismida yuzaga keladigan yallig'lanish. Odatda virusli infeksiyadan keyin - O'RVI yoki O'RK dan keyin paydo bo'ladi.
Otitning har bir ko'rinishi bir qator alomatlar bilan tavsiflanadi:

?Tashqi otit - bu quloq suprasi va tashqi eshitish kanalining yallig'lanishi, bunday otit qizarish, quloq tiqilishi hissi va quloq chanog'idagi og'riqlar bilan namoyon bo'ladi. Yallig'lanishning butun jarayoni - quloq pardasigacha bo'ladi.
❗️Odatda, tashqi otit noto'g'ri gigiyena, suv yoki begona jismlarning quloqqa tushishi tufayli yuzaga keladi.
?O'rta otit - quloq o'rta bo'shlig'iing yallig'lanishi, ya'ni quloq pardasidan keyingi sohada.
❗️O'ziga xos alomati - agar quloqdan tortilsa og'riq paydo bo'ladi.
?Ichki quloqning yallig'lanishi - odatda davolanmagan o'rta otitning asoratidir.

OTIT BILAN BOG'LIQ ENG KATTA NOTO'G'RI TUSHUNCHA - BUVILARIMIZNING TAVSIYASIDIR: "Qulog'ingni qizdir va hammasi o'tib ketadi!"
Bunday qilish mutlaqo noto'g'ri! ⚠️ Qizdirish paytida vaqtinchalik yengillik his etganday bo'lasiz, lekin bunday harakat ko'pincha ahvolning yomonlashib, asoratlarning tez rivojlanishiga olib keladi.
‼️ Yallig'lanishning faol bosqichida qizdirish qon aylanishining kuchayishiga va infeksiyaning yanada chuqurroq tarqalishiga sabab bo'ladi.

?Agar bemor o'z vaqtida shifokorga murojaat qilsa, otitni davolash antibiotiklarsiz amalga oshirilishi va bir-ikki kun ichida quloqni "qaytarish" mumkin.
❗️Kerakli davolanishsiz kasallik surunkali bosqichga o'tishi mumkin, keyin esa eshitishning to'liq/qisman yo'qolishiga olib kelishi mumkin.

Agar siz otorinolaringolog shifokorni izlayotgan bo'lsangiz, bizning tg-bot sizga yordamchi bo'lib, u sizga nafaqat eng yaqin klinikani taklif qilibgina qolmay, balki ma'lum bir mutaxassisning xizmatlari narxlarini ham ko'rsatib beradi.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa