Xolesterin va yog'li ovqatlar

XOLESTERIN VA YOG'LI OVQATLAR.

AGAR NAHOR TADBIRLARIDA TANOVVUL QILINGAN HAR BIR QOSHIQ OSH SEKIN HARAKATGA KELADIGAN BOMBA BO'LISHI MUMKINLIGINI BILSANGIZ, SIZ TO'G'RI OVQATLANISHGA KO'PROQ E'TIBOR BERGAN BO'LARMIDINGIZ?

??‍♀️  Keling, ushbu mavzuni tahlil qilaylik, siz esa bizni kuzatishda davom etishingiz uchun layk qo'yishni unutmang.

Xolesterin - inson va hayvon hujayralari tarkibida mavjud bo'lgan yog'simon moddadir. Odatda, u bir qator jarayonlar - hujayra devorlarini mustahkamlash, hazmga yordam berish, jinsiy gormonlar shakllanishida ishtirok etish, D vitamini ishlab chiqarishni 
kuchaytirish uchun zarur.

✅ Hamma narsaning me'yorda bo'lgani yaxshi. 
Hujayralar tomonidan sarflanmagan xolesterin qonda qoladi. Vaqt o'tishi bilan u tomirlarning devorlariga joylashadi va qon aylanishiga to'sqinlik qiluvchi toshmalar hosil qiladi. Asta-sekin bu qon oqimini butunlay to'sib qo'yishi mumkin. Shu sababli, yuqori xolesterin darajasi yurak xuruji, insult, yurakning ishemik kasalliklari, markaziy va periferik tomir kasalliklari xavfini oshiradi.

⁉️ Qanday omillar xolesterin miqdori oshishiga olib kelishi mumkin:
•irsiyat;
•oshqozon-ichak trakti kasalliklari;
•endokrin patologiyalar;
•yuqori tana massasi indeksi;
•kam harakatli turmush tarzi;
•yuqori xolesterin va to'yingan yog'larga boy oziq-ovqatlar (yog'li go'sht, bekon, cho'chqa yog'i, margarin, kokos va palma yog'iga asoslangan mahsulotlar va boshqalar) iste'moli.

? Xolesterin darajasini nafaqa yoshiga yaqinroq paytdan boshlab kuzatib borish kerak degan juda keng tarqalgan fikr mavjud. Bu noto'g'ri tushuncha. 25 yoshdan boshlab uning tarkibi uchun qon topshirish tavsiya etiladi.
❗️ Nosog'lom va faol bo'lmagan turmush tarzi tomir devorlariga xolesterinning tezroq to'planishini ta'minlaydi, bu esa yurak xastaliklari yosharib bo'lishiga olib keladi.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa