Safro turg`unligi haqida

SAFRO TURG'UNLIGI HAQIDA

? O't pufagi - safro to'planadigan joydir. U oshqozonning o'ng tomonida joylashgan. Ehtimol, bu tuyg'u har bir kishiga tanishdir: ozroqqina yog'li taomdan iste'mol qilasiz, lekin o'zingizni ko'p ovqat yeb bo'kib qolgandek his qilasiz. O'ng tomonda og'irlik, sanchiq va yoqimsiz kekirish paydo bo'ladi. Bu safro turg'unligining ko'plab alomatlaridan biridir.

? Bunday holda, jigar yukni o'ziga olib, ortiqcha uglevodlarni yog'ga aylantirishga majbur bo'ladi. Buning natijasida - ortiqcha vazn va uni yo'qotish uchun bo'lgan muvaffaqiyatsiz urinishlar. Yechim topish uchun aslida o't pufagini tekshirish kerak edi.

Xolestaz (safro turg'unligi) oshqozon-ichak trakti kasalliklari va patologiyalari orasida uchinchi o'rinda turadi.
Kasallik yildan-yilga yosharib bormoqda. Unga nafaqa yoshidagi kishilar, 40 yoshdan oshgan ayollar, homilador ayollar, ofis xodimlari va maktab o'quvchilari (uzoq vaqt harakatsizlik va ish stolida noto'g'ri o'tirish tufayli) chalinishadi.

SAFRO TURG'UNLIGINING OLDINI OLISH⁉️
✅ Ovqatlanish. Soatbay ovqatlanish maqbuldir. Muntazam ravishda oz-ozdan ovqatlanish toshlar shakllanishining oldini olishda juda muhimdir. Yog'li, dudlangan, achchiq ovqatlarni tez-tez iste'mol qilmang. Parhez kunlarini yoki hatto haftalarini tashkillashtiring.
✅ Harakat. Harakatsiz ish kunidan keyin, albatta, mashq qilishni unutmang. Piyoda yurish, kechqurun sport zaliga borish, bo'sh kunlarda suzish - ajoyib yechim bo'ladi.
✅ Iliq suv. Och qoringa gazsiz suv ichish - safro turg'unligining oldini olishda yaxshi yordam beradi. Bundan tashqari, ertalab tanani juda yaxshi tarzda uyg'otadi.
✅ Yaxshi kayfiyat. Shuni unutmangki, har qanday stress mushak to'qimalarining spazmiga olib keladi. Safro harakati mushaklar bilan o'rab olingan kanallar orqali amalga oshiriladi. Demak, stressni kamaytirish eng yaxshi ehtiyot chorasi bo'ladi.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa