Kondilomalar OPV alomatlari emasmi

Kondilomalar haqida

? Avvalambor, buni aniqlashtirib olaylik: kondilomalar - jinsiy a'zolar terisi va shilliq qavatidagi mayda o'smalardir. Ular odatda mutlaqo og'riqsizdir va saraton bilan bog'liq emas. Ular yaratadigan asosiy muammo - estetik noqulaylikdir.
Chunki kondilomalarning eng sevimli joyi - tashqi jinsiy a'zolardir. ?Ayollarda ular orqa chiqaruv teshigi sohasida, jinsiy lablarda va ehtimol bachadon bo'ynida ham paydo bo'ladi. Erkaklarda - olatning bosh qismi terisida va anal teshigi atrofida.

?Kondilomalarni xavfsiz bo'lgan 6 va 11-turdagi IPV (inson papillomasi virusi) keltirib chiqaradi. Bu turlar onkogen emas, shu sababli shifokor sizni qanchalik qo'rqitmasin kondilomalar hech qanday tarzda saratonga olib kelishi mumkin emas! Agar ular estetik jihatdan sizni bezovta qilmasa - yaxshi immunitet va stressning yo'qligida 1-2 yil davomida kondilomalar mustaqil ravishda o'tib ketishi mumkin.

❓ Yo'qolib ketishiga nima to'sqinlik qiladi va ko'payishiga yordam beradi❓
Avvalo, stress - bu immunitet tizimini kuchsizlantiradi, virusga javob shakllantirishga va unga qarshi kurashishga yo'l qo'ymaydi. Chekish ham virusga qarshi kurashish jarayonini sekinlashtiradi. Shuning uchun IPV bilan aloqada bo'lsh har doim ham kasallikning rivojlanishiga olib kelmaydi.

AGAR PAYDO BO'LGAN KONDILOMALAR NOQULAYLIK TUG'DIRSA, ULARNI OLIB TASHLASHNING QUYIDAGI USULLARI TAKLIF ETILADI:
•kondilomalarni radiopichoq bilan olib tashlash;
•kondilomalarni suyuq azot yordamida kuydirish (kriodestruksiya);
•lazer koagulyatsiyasi;
•elektrokoagulyatsiya (yuqori chastotali elektr oqimidan foydalanish)

❗️ Ushbu tashxisni eshitgach, tahlikaga tushmang. U ko'ringani kabi darajada qo'rqinchli emas. Avvalo, immunitetni mustahkamlashni boshlang, sog'lig'ingizga e'tibor qiling va kondilomalarni unuting. Va ular sizni bezovta qilmaydi.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa