Kortizol-stress gormoni!

Oh, bu kortizol?

Ehtimol siz kortizol nimaligini juda yaxshi bilasiz. Qisqacha aytganda, bu buyrak usti bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan glyukokortikoid steroid gormoni bo'lgan stress gormoni. Kortizol taniqli gormon hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi tanani o'zgaruvchan atrof-muhit sharoitlariga moslashtirishdir.

Kortizol – bu insondagi eng muhim katabolik gormon bo’lib, u oqsil (aminokislota) parchalanishiga, yog’ yig’ilishiga (quvvatning zahira manbasi bo’lib) va glyukoza (jigarda to’planadigan glikogen hisobiga) darajasining oshishiga, qondagi shakar miqdorini kamayishiga yo’l bermaydigan, ayni vaqtdagi ehtyojlar uchun erkin quvvat manbasini organizmga berilishiga javob beruvchidir.
Kundalik hayotda kortizol “stress gormoni” nomi bilan tanilgan. U mushaklarni kamaytirgani va mushak massasini yig’ishga halaqit berganligi uchun bodibilderlar va fitnes go’zallari yoqtirishmaydi.Qorni katta odamlar, visseral yog’ni paydo bo’lganligi uchun hamma aybni unga to’nkashadi. Shu bilan birga uni, tungi bedorlikda, uyqusizlikda, kollagen sinteziga to’sqinlik qilib terining siniqishiga olib kelishida  ayblashadi.
Shu bilan birga, kortizol (ruhsat berilgan me’yordagisi) – bu kuch va tetiklik gormoni, yaxshi kayfiyatga va lipolizga (yog’larni erishi) ta’sir ko’rsatishini hamma ham bilmaydi. Aynan kortizol har tong organizmda “ichki uyg’otuvchi” rolini o’ynaydi.
Kortizol darajasining oshganlik belgilari
Kortizolning darajasi stress holatida, jismoniy va ruhiy tushkunliklarda, ochlik va qo’rquv holatlarida oshadi.

Organizmingiz keragidan ortiq kortizol ishlab chiqarayotganini qanday bilish mumkin? O’z holatingizni tahlil qiling. Kortizolning darajasi oshganida kuzatiladigan holatlar:
* Ish bajarayotganda doimiy shoshilish hissi
* Charchash va asabiylashish hissi
* O’zingizga bog’liq bo’lmagan qandaydir jarayonlar uchun doimo tashvishlanish
* Unutuvchanlik va diqqatni jamlashdagi qiyinchilik
* Doimo ubu shirinlik yiyishga xohish
* Arterial bosim oshishi va yurak urishining tezlashishi
* Uyquning buzilishi yoki uning yo’qligi (uyqusizlik)
* Yaralarning sekin bitishi
Kortizolni “stress gormoni” deyilishiga sabab, uning vazifasi organizmni mumkin bo’lgan turli havfli vaziyatlardan himoya reaksiyasini shakllantirishdir.
U yurak urishini tezlashtiradi, arterial bosimni oshiradi, mushaklarni kuchaytirilgan jismoniy yuklanishlarga tayyorlab shu bilan birga, uni mushaklarga boshqa a’zolar hisobidan olinib turilgan glyukoza sarfini kamaytiradi. Shu tarzda, u organizmni hayot uchun kurashishga tayyorlaydi.

KORTIZOL TARTIBNI VA SOG’LOM TURMUSH TARZINI YAXSHI KO’RADI.     O'z vaqtida yotish, kamida 7 soat uxlash, jismoniy mashqlar bilan shug'ullanish, ozroq shakar va zararli yog'larni iste'mol qilmaslik, etarli miqdordagi suv ichish va kofeni ortiqcha iste'mol qilmaslik, ko'proq xursand va xafa bo’lmaslik, shunda kortizolingiz asabingizni og'ritmaydi! Ko'rib turganingizdek, hamma narsa juda oddiy! Agar sizda yuqori kortizol alomatlari bor deb o’ylasangiz , bizning botimizda qon gormonlari bo'limidan topishingiz mumkin. O'zingizga asrang  va salomat bo'ling!

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa