Kuperoz- o`zi nima

?Yuzdagi kuperoz - tomirlarning kengayishi tufayli paydo bo'ladigan kosmetik nuqson. Bu "yulduzlar" yoki "o'rgimchak ini" ko'rinishidagi kapillyarlar bo'lib, teri ostidan ko'rinib turadi.
Teridagi qon tomir yulduzchalari qon tomirlarining mo'rtligi va zaifligidan dalolat beradi. Elastikligini yo'qotgan tomirlar qisqarish qobiliyatini ham yo'qotadi, qonning turg'unligi va ularning kengayishi kuzatiladi. Natijada ular teri ustida namoyon bo'ladi.

Ko'pincha, bu holat har qanday yoshdagi oq-sariqdan kelgan odamlarda uchraydi. Kuperozning 4 bosqichi mavjud:

1️⃣Quruq havoli issiq xonada uzoq vaqt qolinganda, yuzda kapillyarlarning kengayishi shaklida ta'sirlanish paydo bo'ladi. Muammo lokal xususiyatga ega bo'ladi.

2️⃣Vaqt o'tishi bilan qo'shni kengaygan kapillyarlar qo'shilib to'rga aylanadi va yanada sezilarli bo'ladi.

3️⃣Tomir to'rlari yanada sezilarli bo'lib, qizarish mustaqil ravishda o'tib ketmaydi va doimiy xarakterga ega bo'ladi.

4️⃣Patologik jarayon yuzdagi barcha tomirlarga ta'sir qiladi. Keng ko'lamdagi kapillyar spazmlari tufayli terining oqargan joylari, shuningdek, kapillyarlar juda sezilarli joylar paydo bo'ladi.

?Kuperoz bilan arterial gipertenziyadan aziyat chekadigan, gormonal buzilishga (dori-darmonlarni qabul qilish va homiladorlik davrida) ega, A va E vitamini yetishmovchiligi bo'lgan odamlar duch kelishi mumkin. Bundan tashqari, chekish va spirtli ichimliklarni iste'mol qilish kabi yomon odatlar kuperozni kuchaytirishi mumkin.
Kuperozni davolashda qon turg'unligining asosiy sabablariga qarab, dori-darmonlar, vitamin va mineral komplekslar buyurilishi mumkin.
Muammoni bartaraf etish uchun dermatokosmetologga murojaat qiling, o'zingizga ma'qul shifokorlarni esa bizning saytimizda topishingiz mumkin.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa