Qizilcha va qizamiq haqida

? Qizilcha va qizamiq ko'pincha bolalik yoshi bilan bog'liqday tuyuladi, ammo bu infeksiyalar zararsizmi?. Ular havo va tomchilar orqali yuqadi. Bundan tashqari, qizilcha infeksiyasi yuqushining yana bir yo'li uchraydi - vertikal (homilaning ona qornida zararlanishi).
? Yomon tomoni shundaki, muayyan davolash muolajalari yo'q va kasallikning oldini olishning eng samarali usuli bolalik davrida emlashdir (KPK haqida eshitgan bo'lsangiz kerak).

Ushbu kasalliklarga qarshi o'z vaqtida emlash juda muhimdir. Bolalarda bu hayotining birinchi yilida qilinadi. Keyin 6-7 yoshida qayta emlanadilar.

AMMO, YANA NIMA MUHIM ❗️ 
Homiladorlikni rejalashtirayotgan ayollar uchun 6 oy oldin qizilchaga qarshi qayta emlanish tavsiya etiladi.
⚠️ Juda xavfli virus, 1-trimestrda u bilan zararlanish 90% hollarda homilaning infeksiyaga chalinishiga va uning nobud bo'lishiga olib kelishi mumkin.

? So'nggi vaqtlarda O'zbekistonda qizilcha va qizamiq kasalligi holatlari tez-tez qayd etilmoqda, chunki bolalar o'z vaqtida va to'liq emlanmayapti.
Shifokorlar kasallikning o'zidan emas, balki bronxit, sinusit, pnevmoniya, ensefalit kabi ko'plab asoratlaridan qo'rqishadi va bu hali hammasi emas.

?? Hurmatli ota-onalar, iltimos - farzandlaringizni emlang. Bu infeksiyalarni to'xtatishning yagona yo'li!
Shu sababli, ... tg-botni qoldiramiz, uning yordamida o'zingizga eng yaqin emlash markazini topishingiz va o'z vaqtida profilaktikadan o'tishingiz mumkin.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa