Qon va uning tarkibiy qismlari

Har dam sen mening qonimdasan!❣️

Ushbu iborani qanchalik tez-tez eshitamiz? Qaerdan kelganini taxmin qila olasizmi? Ha, ha, bugungi post bizning qonimiz haqida. U haqida nima bilamiz? Nima uchun qon juda muhim va zarur?

Qon bizning ichki muhitimizdir. Qon - tanamizning hayot beruvchi suyuqligi. Tanamizning murakkab mexanizmlarida yoqilg'i. U bizni ishga tushiradi va harakatda ushlab turadi.
Ehtimol, uning eng muhim shakilli qismlari haqida bir necha bor eshitgansiz?
Eritrositlar, leykocitlar va trombotsitlar? Keling, yana bir bor eslatib o’tamiz . ??

Eritrositlar (qizil qon tanachalari) — suyaklarning ko‘mik qismida hosil bo‘ladi. Eritrositlarning hosil bo‘lishi va soni normal miqdorda bo‘lishi odamning sog‘lig‘iga, ovqatlanishiga, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishiga, quyoshning ultrabinafsha nurlarini yetarli qabul qilishiga bog‘liq.
Ayniqsa, ovqat tarkibida oqsillar, temir moddasi, B guruhga kiruvchi vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi zarur.

Eritrositlarning asosiy vazifasi organinzmning barcha hujayralarini kislorod bilan ta’minlashdan iborat.
Ular tarkibidagi gemoglobin o‘pkalardan kislorodni o‘ziga biriktirib hujayralarga yetkazadi, ularda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan karbonat angidridni yana o‘ziga biriktirib o‘pkalarga olib boradi. Bu orqali eritrotsitlar qonning vazifalari sirasiga kiruvchi tashuvchilik funksiyasini ta’minlaydi.
Eritrositlarning soni va ular tarkibidagi gemoglobin miqdorining kamayishi kamqonlik (anemiya) kasalligi deb ataladi. Bu kasalligning oldini olish uchun ovqat tarkibida oqsil, temir moddalari, vitaminlar yetarli miqdorda bo‘lishi, jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish, nafas oladigan havoning toza bo‘lishi kabilar katta ahamiyatga ega.

Leykositlar (oq qon tanachalari) — yadroli qon hujayralari bo‘lib, yadrosining shakliga va bo‘yalishiga qarab uch turga: monositlar-bir yadroli yirik leykositlar limfositlar-bir yadroli, lekin monositlardan bir oz maydaroq; donador leykositlar, ya’ni granulositlarga bo‘linadi.
Leykositlar sonining ko‘payishi leykositoz, kamayishi leykopeniya deb ataladi. Leykositlar suyaklarning ko‘mik qismida va taloqda (limfositlar) qon tarkibi sifatida hosil bo‘ladi.
Leykositlarning asosiy vazifasi organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilishdir. Ular organizmga kirgan mikroblarni yutib, eritib yuboradi. Bu hodisa fagositoz deb ataladi. Leykositlarning bu xossasini atoqli rus olimi I.I. Mechnikov aniqlagan.
Odam yuqumli kasalliklar bilan kasallanganda leykositlarning soni ko‘payib, 1mm3 qonda 10-20 mingga

Bunday odamning jarohatlanishi juda xavfli, chunki qon oqishini to’xtatish qiyin bo’ladi.
Salgina urilish, turtilish natijasida badandan ko’karish (qon quyilishi) yuzaga keladi, o’z-o’zidan burundan qon kelishi mumkin. Shuning uchun trombositi kamaygan odam har xil shikastlanishlardan saqlanishi zarur.
Trombosit tarkibida serotonin moddasi bo’lib, u qon tomirlarini toraytirish va qon ketgan vaqtda uning ivishini tezlashtirish xossasiga ega.

 Bu haqda oldinroq bilganmisiz?
Oxirgi marta qachon qon tekshiruvini o'tkazgansiz? Siz ilgari ushbu uchta qon shakilli elementlariga e'tibor berganmisiz❓

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa