Zararli nikotin

Nikotin va chekish haqida post
Ehtimol, sigaretaning zarari va chekishning xavfi haqida hamma, hatto chekishni hech qachon rejalashtirmaganlar ham eshitgan bo’lsa kerak. Bu mavzuning siyqasi chiqqan: ko’p chekish o'pka va til saratoniga olib kelishi mumkin, shuningdek yurak va qon tomirlari, miyaga salbiy ta'sir qiladi, hatto tuxumdonning tuxum zaxirasini kamaytiradi (bu bilvosita menopauzaga olib keladi).
Biroq, hozir ommabop bo’lgan qurilmalar mavzusiga to'xtalmoqchiman: veyp/elektron sigaretalar, ulardan foydalanuvchilarining sog'lig'iga minimal ta'sirini kafolatlaydi. Chunki ular bug' chiqarish prinsipi asosida ishlaydilar.
HAQIQATAN HAM SHUNDAYMI?
Birinchidan, elektron sigareta - bu xavfli qurilma, chunki noto'g'ri ishlatilsa portlashi yoki yonishi mumkin.
Bundan tashqari, bunday sigaretalarning zarari ularning suyuqligi tarkibidadir:
? formaldegid – zaharli va yuqori toksinli birikma, u bilan zaharlanish o'limga olib kelishi mumkin. (Sizga bir sirni aytaman, murdalar buzilmasligi uchun shunga o'xshash eritmada saqlanadi, siz shunday suyuqlikni chekishni hohlaysizmi?)
? Asetaldegid kanserogen bo'lib, Altsgeymer kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi.
? Nikotin neyrotoksin hisoblanadi va doimiy jismoniy va ruhiy qaramlikni keltirib chiqarishi mumkin.
?  Propilenglikol qizdirilganda nafas olish tizimiga salbiy ta'sir qiladi, shuningdek, astma, bronxit, bronxospazm kabi kasalliklarning rivojlanishiga yoki kuchayishiga olib beradi.
Sigaret chekish yoki veypdan foydalanish inson tanasiga bir hil darajadagi tuzatib bo’lmas zarar keltiradi. Shu bois, oddiy yoki elektron sigaretaga umrbod qaram bo'lib qolishdan ko'ra, yuz marta o'ylab ko’rish ma’quldir.
O'zingizni ehtiyot qiling va sog'lom bo'ling!

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa