Siz ko`p qahva este`mol qilasizmi

KOFEYIN HAQIDA.

Shunday qilib, qahva aslida zararlimi yoki foydalimi? Bu savolga aniq javob yo'q. Albatta, boshqa oziq-ovqat mahsulotlari kabi qahvani ham ko'p miqdorda va tez-tez ichish zararli. Qahvaning kerakli va foydali xususiyatlari bilan bir qatorda katta ziyon etkazishga qodirligi ham aytiladi.

Keling, qahva haqidagi eng mashhur afsonalarga chek qo'yaylik:

?Kofeyin qahvada mavjud.
Aslida, kofeyin choy (ko'k va qorada ham), kakao, energetik ichimliklar tarkibida bor.

?Kofeyin uyqusizlikka olib kelishi mumkin. 
Ko'p narsa kofeyinga bo'lgan shaxsiy ta'sirchanlikka bog'liq. Agar qahvani kunning birinchi yarmida ichsangiz, bu ehtimoldan holi. Kofeyin tanadan juda tez chiqib ketadi: 8-10 soatdan keyin qonda qabul qilingan dozaning 25% dan kam miqdori qoladi va bu uyqu buzilishiga olib kelishi uchun juda oz. Ko'pchilik uchun uyqudan 5-6 soat oldin ichilgan bir finjon qahva uyqusizlik bilan tahdid qilmaydi. Biroq, metabolizmning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ba'zilar kofeyindan keskin ta'sirlanishi mumkin.

?Kofeyin tananing suvsizlanishga olib keladi.
Kofeyin, albatta, yengil peshob haydash xususiyatiga ega, ammo u ichimlik bilan birga
tanagatushganidan ortiqcha suyuqlikning yo'qolishiga olib kelmaydi.

?Kofeyin qon bosimini oshiradi.
Ro'y berishi shart holat emas. Bu aytilganidek shaxsiy xususiyatlarga bog'liq. Chindan ham tanasida kofeyin tufayli qon bosimi ortadigan odamlar bor.

?Kofeyin spirtli ichimliklar kuchini qirqib hushga keltiradi.
Kofeyin spirtli ichimliklar va uning yon ta'sirini kuchaytiradi. Mastlik kamroq seziladi - bu esa alkogoldan zaharlanish ehtimolini oshiradi. Shuning uchun, bu ikki ichimlikni aralashtirmagan ma'qul.

Har bir narsada me'yor kerak - bu har qanday mahsulotning iste'moliga va shu qatorda qahvaga ham taalluqli.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa