Laktozaga toqatsizlik

LAKTOZAGA TOQATSIZLIK.

? Sigir sutiga tug'ma allergiya, yoki ilmiy jihatdan laktozaga toqatsizlik - shakarni (laktoza) hazm qila olmaslikdir. Bularning barchasi "laktaza" fermentining etishmasligi bo'lib, bu ich ketishi (diareya) va ichakdagi sanchiqlarga olib keladi.

Laktoza - bu sut, pishloq va boshqa sut mahsulotlarida mavjud bo'lgan asosiy shakar. Bu shakarni xazm qilish uchun ingichka ichakning ichki qobig'i hujayralari ishlab chiqaradigan laktaza fermenti kerak.

Agar laktaza mavjud bo'lmasa, ichilgan sut yoki iste'mol qilingan bir bo'lak pishloq hazm bo'lmaydi va bu:
? suyuq diareya,
? meteorizm,
? qorin dam bo'lishi,
? qorindagi og'riqlarga sabab bo'ladi.

❗️ Laktozaga toqatsizlik belgilari odatda laktozaga ega oziq-ovqatlarni iste'mol qilish yoki ichishdan keyin 30 daqiqadan ikki soatgacha bo'lgan vaqt mobaynida boshlanadi. ❗️

? Sut mahsulotlaridan tashqari, laktoza ko'pincha kolbasa, paketli sho'rvalar, tayyor souslar, shokolad, kakao kukunida mavjud bo'ladi. Undan qayishqoqlikni, ta'mni va foydalanish qulayligini oshirish uchun foydalaniladi. 
Laktoza tez-tez kartoshka-fri, qandolat va non mahsulotlarining tarkibiy qismi ham bo'ladi. Laktozaga toqatsiz bo'lgan odamlar ushbu ro'yxatda bo'lgan mahsulotlardan o'zlarini chetga olishlari kerak. Sut, qaymoq, quyultirilgan sut, muzqaymoqni esa qat'iyan o'z ratsionlaridan chiqarib tashlashlari lozim.

❗️ Ko'pgina sut mahsulotlari kalsiyning ajoyib manbai hisoblanadi. Shu sababli laktozaga toqatsizligi bo'lgan odamlar kalsiy etishmovchiligining oldini olish uchun har kuni kalsiy qabul qilishlari kerak.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa