Bola jinsi haqida

Bola jinsi haqida
Bolaning jinsi bo’lajak ota-onalarni va barcha oila a'zolarini homiladorlikdan ancha oldin qiziqtira boshlaydi. Kimdir o'g'ilni orzu qiladi, kimdir esa qiz istaydi. Va ota-onalar farzandining istalgan jinsi uchun nimalar qilishmaydi deysiz: kimdir o'g'il/qiz uchun ma'lum parhez tutadi, maxsus usullar, bolaning jinsini urug’lanish sanasiga qarab belgilashadi - yosh oilalar bu va boshqa ko'plab g'alati va g'ayrioddiy usullar qo'llashadi. Masalan, yangi turmush qurganlarning "erkak" oylari - noyabrdan yanvargacha va "ayol" - maydan iyulgacha kabi suhbatlarini eshitish qiziqarli.
Shu gaplar rostmi?
Darhaqiqat, bola jinsini rejalashtirishning hech qaysi usullari ilmiy dalillarga ega emas. Istalgan natijaga erishish imkoniyati yuqori – 50/50. Shuning uchun, garchi bu shunchaki tasodif bo'lsa ham, ko'pchilik og'iz ko'pirtirib ovulyatsiya bo’yicha hisoblash usulining samaradorligi haqida bahslashishadi.
Bolaning jinsi FAQATGINA erkakka bog'liq. Ayol tuxumi X xromosomasini tashiydi. Erkak spermatozoidi esa X va Y turdagi xromosomalar to'plamiga ega.
Va bolaning jinsi qaysi turdgai spermatozoid tuxumni urug’lantirishiga bog'liq bo'ladi.
Agar bu X + X bo'lsa, qiz tug'iladi.
X + Y bo’lganda esa o'g'il bo'ladi.
Bu jarayonga jinsiy aloqa usuli, ovulyatsiya kuni, taqvim sanasining ta'sir qila olmaydi - taqdir tuxumni urug'lantirishi mumkin bo'lgan yagona omadi chopgan spermatozoid kuchida.
TUG’ILAJAK FARZANDNING JINSINI REJALASHTIRISHNING YAGONA YO'LI BOR!‼ ️
Bu implantasiyadan oldingi genetik diagnostika (PGD) - bu texnologiya ekstrakorporal urug'lantirishda (EKO) qo'llaniladi. Faqatgina ushbu holatda bolaning tug'ilishidan oldin jinsini ongli ravishda tanlashda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin.
Bo’lajak ota-onalarga tug'ilajak bolaning mustahkam sog'lig'ini ta'minlash uchun o'zlarini ehtiyot qilishlarini va homiladorlikni rejalashtirishga ongli ravishda yondashishni tavsiya qilishimiz mumkin. Bolaning qaysi jinsda bo'lishi esa ahamiyatga ega emas.
Esingizda bo'lsin, farzand Ollohning in’omidir va uning jinsi muhim emas. Bolajonlarni jinsidan qat'i nazar seving, sog'lom va baxtli bo'ling!

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa