Varikoz alomatlari homiladorlik paytida

HOMILADORLIK DAVRIDAGI VARIKOZ.

??Homiladorlik - har bir ayol uchun ajoyib va eng ardoqli davrdir. Albatta, bu har doim ham yorqin va yoqimli o'tmaydi, ba'zan ayollar muayyan muammolarga duch kelishadi.

?Homiladorlik davrida gormonal fon o'zgaradi, organizmdagi qon miqdori ortadi, eng muhimi - bachadon homila o'sishi tufayli hajmda o'sadi va vena pastki bo'shlig'iga bosim qila boshlaydi ➡️ bu esa oyoqlardagi venalarning varikoz kengayishiga sabab bo'lishi mumkin.

?Postni saqlab qo'ying! Chunki sizga homiladorlik paytida varikozning oldini olish usullari haqida ma'lumot beramiz:

✅Sog'lom, harakatchan turmush tarzi: toza havoda sayr, homilador ayollar uchun pilates, yoga, suzish. Har kuni 3 yondashuvda 10 martadan balerinalar kabi barmoqlaringiz uchida turing. Buni ko'proq bajarish imkoniyatingiz bormi? Bajaring! Bu oyoqlarda qon oqimini kuchaytiradigan ajoyib mashqdir.

❌Sauna, hammom, issiq vanna qabul qilishdan voz keching.

✅Yetarli miqdordagi vitaminlar, mikroelementlar, biriktiruvchi to'qimalarga ega taomlar bilan to'g'ri ovqatlaning. Shirin, yog'li, qovurilgan, dudlangan, xamir, kraxmalli ovqatlardan voz keching. Tana vaznini kuzating.

✅Suvni yetarli miqdorda iching.

✅ Tabiiy matolardan tikilgan keng kiyimlar kiying.

❌Tor losina va jinsilardan voz keching.

✅Tabiiy materiallardan tayyorlangan qulay poshna va supinatorli yumshoq poyabzal kiying. 
❌Baland poshnali va tor baletkalardan foydalanmang.

✅Ish mobaynida chigil yozish va yurish uchun vaqt ajrating. Yuqorida ajoyib mashqni aytib o'tdik.

✅Bachadonning asosiy tomirlarga bosimini kamaytirish uchun chap/o'ng tomoningizda yonbosh uxlang. Bunda sizga homilador ayollar uchun mo'ljallangan katta yostiqlar yordam beradi.

❌Yuqoriga qarab chalqancha uxlamang va yotmang. Bu asosiy tomirlar orqali qon oqimini qiyinlashtiradi.

✅Oyoqlarni ko'taring. Yotganingizda yoki uxlayotganingizda, oyoqlaringiz ostiga bir nechta yostiq qo'yishga harakat qiling, shunda qon oqimi yaxshilanadi. Agar navbat bilan 
oyoqlaringizni ko'tara olsangiz - bu ham ajoyib gimnastika.

Aziz ayollar! Sog'lig'ingizni xavf ostiga qo'ymang va agar varikoz muammosini aniqlasangiz, shifokorga murojaat qiling.❤️ O'zingizni va kichkintoyni ehtiyot qiling - siz unga sog'lom keraksiz.

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa