Sog`lom yurak va magniy

Ba'zi qiziqarli ma’lumotlar
Barcha mikroelementlar orasida MAGNESIUM inson tanasidagi tarkibida 4-o'rinni egallaydi (natriy, kaliy va kaltsiydan keyin).
Magniyning 53% gacha suyak to'qimalarida va tishlarda to'plangan;
va taxminan 20% - yuqori faollikdagi (miya, yurak, jigar) to'qimalarda.
kattalar uchun kuniga 310-420 mg kerak.
Tanamizning barcha a'zolari magniyga muhtoj: bu element o'nlab kimyoviy reaktsiyalarda ishtirok etadi; oqsillarni sintezi uchun juda zarur, suyaklarimizni kuchaytiradi, shuningdek safro sekretsiyasini rag'batlantiradi, qondagi qand miqdorini tartibga soladi.

Magnezium yurak mushaklarining sog'lom holatini saqlashda ayniqsa muhim rol o'ynaydi. U bir tekis yurak urishini tartibga soladi, qon bosimini normallashtiradi va odamni yanada baquvvat qiladi.

Magniyning yetishmasligi yurak-qon tomir tizimi ishiga ta’sir ko‘rsatadi. Aynan magniy yurak ritmining buzilish xavfini kamaytiradi, lipidlar almashinuvini yaxshilaydi, tomirlarda qon ivishining oldini oladi. Bundan tashqari, yurak va qon tomirlar ishini me’yorga solib turadi.
Organizmda magniyga ehtiyoj ortishi ko‘p hollarda noto‘g‘ri va samarasiz ovqatlanish tufayli kelib chiqadi. Magniy o‘simliklarga yashil tus beruvchi xlorofillning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, qo‘shimcha ravishda ishlov berilmagan har qanday o‘simlikdan tayyorlangan taomda u mavjud.

Masalan, yong‘oqlar, dukkaklilar, ishlov berilmagan boshoqli o‘simliklar, shuningdek, ko‘katlar, ismaloq, soya, no‘xat, dengiz mahsulotlari, mol go‘shti mazkur mikroelementning asosiy manbaidir. Qattiq suvda ham yumshoq suvga qaraganda magniy ko‘p.

Bittayu bitta yuragingizni asrang! Salomat bo’ling ?

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa