Sport va baxt gormonlari

Zerikarli va sust sportchilarni ko'rganmisiz? Faqat to’grisini ayting !?

❗️Men ham!
Sportchilar faol, tezkor va epchil, nafaqat disciplina uchun balki sport tufayli baxt gormonlari darajasiga faol ta'sir ko'rsatgani uchun ham.

Jismoniy faollik dopamin, endorfin, serotonin va oksitotsinni rag'batlantiradi. Siz ularni "baxtning gormonlari" deb atashganini eshitgan bo'lishingiz mumkin.

Baxt gormonlari manbai
Tanadagi baxt gormonlarini oshirish yo‘llari odatda sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq.
Sport bilan shug‘ullaning
Jismoniy faol odamlarda baxt gormonlari darajasi har doim yuqori bo‘ladi. Buni o‘zingiz ham bilasiz – sport mashg‘ulotlaridan so‘ng doim mamnunlik hissi paydo bo‘ladi.
Agarda sport bilan guruhlarda shug‘ullansangiz, tanangiz yanada ko‘p baxt gormonlari ishlab chiqaradi.

? "Baxt gormonlari" bu neyrotransmitterlardir. Endorfinlar - peptidlarning katta guruhi markaziy asab tizimi va gipofiz bezi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Shuning uchun psixologlar stress va depressiya holatlarida sport bilan shug'ullanishni maslahat berishadi.
Jismoniy faollik samarali faoliyatga yordam beradi, surunkali charchoqqa qarshi turadi, hayotiy energiya ta'minotini oshiradi va uyquni yaxshilaydi.
Metabolik jarayonlarning tezlashishi tufayli toksinlar tanadan tezroq ajralib chiqadi.
Terining rangi yaxshilanadi.

Tezlik, epchillik, go'zallik! Maqsadga erishish va natijalarga e'tibor qarating!
Doim harakatda bo’ling! 

Siz baxt gormonlari ko’p bo’lishi uchun nima qilasiz?
Divanlardan tushingda, sport bilan shug’ullaning !

Barcha maqolalarni ochish

Этот прекрасный сервис ищет себе партнера! Если у Вас есть подходящий опыт и Вам интересно то,что мы делаем-пишите! @yaqindoctoraloqa